Новости

Последние новости

янв.21
#Ish_reja ✨ Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi
янв.21
#Ish_reja_ijrosi 👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi ish rejasining 15 kunlik ijrosi haqida
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Barlos mahallasida To‘sinsoyga suv to‘suvchi inshoot va kanalni betonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Sohibkor mahallasidagi Tusinsoy soyida qirg‘oqni mustahkamlash ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Gulobod mahallasida yangi bog‘cha qurilishi yuzasidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Ishtixon markazidagi eski uylarni renovatsiya qilish va kanalizatsiya tizimi qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Zartepa” mahallasida yirik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#24_ta_masala ✅Zartepa MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Beshkapa” mahallasida 3 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya 🤩 Ichimlik suvi va elektr ta’minoti masalasi Kengash nazoratida
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Deputatlar yoshlar bandligi masalasini o‘rgandilar

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Boyqishloq saylov okrugi deputati O. Tursunov hamda 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamovlar Majnuntol mahallada bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini o‘rgandilar.

Uchrashuv davomida deputatlar mahalladagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etishni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ularning natijalari, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Deputatlar yoshlarga yaratilgan sharoitlar, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida mahallada yoshlar bandligini yanada oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

Slide 1 of 3