Xalq deputatlari Margʼilon shahar Kengashidagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʼyicha doimiy komissiya majlisi boʼlib oʼtdi. Majlisni doimiy komissiya raisi А.Mahkamov olib bordi.
Doimiy komissiya majlisida "Marg’ilon shahridagi umumta’lim maktablarida ta’lim sifati, issiqlik ta’minoti va kiyinish madaniyati boʼyicha 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida" Margʼilon shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi boshligʼi G.Qayumovaning hisoboti eshitildi.
Ushbu masala yuzasidan deputatlar oʼrganish ishlari davomida kuzatilgan holatlar boʼyicha fikr mulohazalarini bildirdilar. Аniqlangan kamchiliklar va muammolar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.