Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Янгиқўрғон туманида камбағалликни қисқартириш бўйича штаб фаолияти ўрганилди
янв.21
Фуқаронинг васийликка оид мурожаати ижобий ҳал этилди
янв.21
Сангистон кўчасини шағаллаш бўйича депутатлик сўрови
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари ўрганилди
янв.21
«Соҳил» Янги Ўзбекистон қиёфасидаги маҳаллага айланмоқда
янв.21
Маҳалладаги муаммолар ва куз-қиш мавсумига тайёргарлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
«Соҳил» маҳалласида аҳоли бандлиги ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Қизилёзи маҳалласида тиббий хизматга оид мурожаатлар юзасидан депутатлик сўрови юборилди
янв.21
Мурожаатлар ечими — аҳоли розилиги йўлидаги муҳим вазифа
янв.21
Тикувчилик орқали хотин-қизлар бандлиги таъминланмоқда
Sessiya oldi o‘rganish: Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati tahlil qilindi

Sessiya oldi o‘rganish: Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ish rejasiga muvofiq, navbatdagi sessiyada Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining «Amudaryo tuman hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf qilish borasida 2026-yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida»gi hisoboti tinglanishi belgilangan.

Ushbu kun tartibidagi masalaga puxta tayyorgarlik ko‘rish va hisobot xolisligini ta’minlash maqsadida O‘zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Ulug‘bek Abduraxmanov hamda Tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi B.Allaberganov Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida bo‘lib, sessiya oldi o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganishlar davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:
2026-yilning 3-choragi davomida tuman hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan amaliy choralar;
Aholi xonadonlari hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohaga tegishli ob'ektlarda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijalari;
Aholini va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasidagi tayyorgarlik darajasi va moddiy-texnik imkoniyatlar.

Sessiya oldi o‘rganish yakunida aniqlangan ma’lumotlar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha deputatlik takliflari ishlab chiqilib, tuman Kengashining bo‘lajak sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 7