Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
Haftalik_ish_rejaning_ijrosi Tadbirkorlar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
Haftalik_ish_rejaning_ijrosi
Tadbirkorlar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi


Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Mas'ud Ashurov hamda tumani hokimi Odiljon Yaqubovlar hamkorligida "Sebzor" mahallasida bo‘lib, tadbirkor R.Badalova tomonidan yangi kutubxona va muzey barpo etish uchun yer maydoni ajratish yuzasidan bildirilgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
Murojaat tegishli mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqilib, masala atroflicha tahlil qilindi. Loyiha uchun mavjud K-savdo hududi hamda Yoshlar bog‘i atrofidan muqobil yer maydonlari taklif etildi.
Shuningdek, Yangihayot mahallasida "Faxriddin Asalchi" fermer xo‘jaligi rahbari A.Ziyodullayevning asalarichilik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha murojaati ham joyida o‘rganildi. Unga ko‘ra, rejalashtirilayotgan savdo do‘koni loyihasini qayta ishlab chiqish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida mas’ullarga tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 3