Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_162_ta_qonun
#_24_ta_masala
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi


️ Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati T.Mirzaev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, tuman Kengashi deputati N.Xamdamova tomonidan “Xurshid” mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan hamda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ–261-son Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
 Har bir murojaat joyida sinchkovlik bilan o‘rganilib, mavjud holatga huquqiy va amaliy jihatdan baho berildi. Muloqot davomida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib tegishli tushuntirishlar berildi.
 Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar tavsiyalar berildi.
️ Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli ravishda bartaraf etish hamda aholining taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
 Fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlash, ularning muammo va takliflarini tinglash, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish hamda amaliy yechim topish davlat organlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Slide 1 of 3