Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ИЧИМЛИК СУВИ ТАЪМИНОТИ СОҲАСИДА ҚОНУН ИЖРОСИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
«ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ҚИЁФАСИДАГИ МАҲАЛЛА» ЛОЙИҲАСИ ДОИРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ДЕПУТАТ МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАРНИ ЎРГАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ ХОТИН-ҚИЗЛАР БИЛАН ИШЛАШ ҲОЛАТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ
янв.21
МАҲАЛЛАДАГИ МУАММОЛАР ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕССИЯГА ТАЙЁРГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ
янв.21
ЭСКИ ЁҒОЧ ЭЛЕКТР УСТУНЛАРИ ЯНГИЛАРИГА АЛМАШТИРИЛМОҚДА
янв.21
ЯНГИОБОД МАҲАЛЛАСИДА ХОНАДОНБАЙ ЎРГАНИШЛАР ОЛИБ БОРИЛДИ
Tumanda “Mustaqillik to‘yi” harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi
Tumanda “Mustaqillik to‘yi” harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Mustaqillik to‘yi” harbiy-vatanparvarlik festivali Sariosiyo tumanida ham yuqori saviyada tashkil etildi.

 Festivalda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimov, xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi rahbari D.Sattorv, yozuvchilar, shoirlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, baxshilar, san’atkorlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etib, aholi va yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Tadbir Yangi O‘zbekiston istirohat bog‘idagi kinoteatrda harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi film namoyishi hamda ijodkorlar bilan ochiq muloqotdan boshlandi.
 Festivalning ikkinchi qismida harbiy psixologlar tomonidan treninglar, sport musobaqalari, Faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy orkestr va san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik yo‘nalishida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilib, g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
 Festival davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarga hurmat va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Slide 1 of 3