Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 4-Turon saylov okrugi deputati Joxongir Gulamov tomonidan 148-maktabda Open Byudget loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholi tashabbusi bilan g‘olib deb topilgan loyiha doirasida maktab uchun xarid qilingan jihozlarning yetkazib berilishi holati ko‘rib chiqildi.

Jumladan, maktabning xonalari uchun yetkazib berilgan mehnat tikuv mashinalari hamda zamonaviy elektron doskalari berilganligi qayd etildi.     

Shuningdek, deputat tomonidan qarorda belgilangan mablag‘larning o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlash, davlat xaridlari jarayonlarining qonunchilik talablari asosida sifatli tashkil etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, maktab tomonidan yutib olingan jihozlarning qolgan qismini qisqa muddatlarda yetkazib berish choralarini ko‘rish bo‘yicha ayrim tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3