Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Yakkatut” mahallasida “Mening bog‘im” loyihasi doimiy komissiya majlisida muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Chilonzor tumani “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Mening bog‘im” loyihasini amalga oshirish masalasi dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi. Mazkur loyiha jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan.

Loyihaga muvofiq, “Yakkatut” MFY hududidagi 0,41 gektar yer maydonida yangi yashil hudud barpo etilishi, uzoq yillik mevali va manzarali daraxtlar ekilishi, piyodalar yo‘lakchalari qurilishi, aholi dam olishi uchun o‘rindiqlar o‘rnatilishi, shuningdek yoritish hamda sug‘orish tizimlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Muhokamalar yakunida doimiy komissiya tomonidan mazkur masalani Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 1