Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 1-“Altintau” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Nazarova tomonidan “Altintau”OFYda oilaviy shifokorlik punktida aholiga oʻz vaqtida va sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishi holati oʻrganildi.

🔹 O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda bemorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔹 Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularni qiynab kelayotgan masalalar, tibbiy xizmat sifati bo‘yicha fikr va takliflari tinglandi. Aholi murojaatlarida ko‘tarilgan ayrim masalalarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.
💬 Deputat tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, chekka hududlarda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda tibbiy xizmatlardan aholining rozi bo‘lish darajasini yuksaltirish muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

✅ Bu kabi o‘rganishlar hududlarda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal etishda muhim аhаmiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5