Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
ҲОКИМ ЁРДАМЧИСИ ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАШАББУСЛИ БЮДЖЕТ ЛОЙИҲАЛАРИ ДЕПУТАТ НАЗОРАТИДА
янв.21
ТАДБИРКОРЛАР ФАОЛИЯТИ ВА МУАММОЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ТАДБИРКОР ФАОЛИЯТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРОНИНГ УЙ-ЖОЙ АЖРАТИШ БЎЙИЧА МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ФУҚАРО МУРОЖААТИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
ЕТТИЛИК ВАКИЛЛАРИ БИЛАН СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
САЙЁР ҚАБУЛДА ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ ЎРГАНИЛДИ
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati G‘ofurova Zebixon Sadikovna tomonidan Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-sonli Qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyadan kelib chiqib, 19-Mustaqillik saylov okrugi deputati G‘ofurova Zebixon Sadikovna tomonidan Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida mahalladagi ijtimoiy himoya tizimi, ayniqsa, aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, boquvchisini yo‘qotganlar hamda boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar bilan ishlash holati o‘rganildi.

Deputat tomonidan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida to‘lash jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarning murojaatlari, ularning ehtiyojlari va mavjud muammolarini aniqlash maqsadida suhbatlar tashkil etilib, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va shaffofligini ta’minlash, yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 5