Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 17-«Marg‘ilon darvozasi» saylov okrugidan saylangan deputati B. Usmanov tomonidan «Marg‘ilon darvozasi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida hokim yordamchisi D. Ahmadjonov tomonidan norasmiy sektorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularni «soyadan chiqarish» hamda ish o‘rinlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Xususan, A. Navoiy ko‘chasi, 158-uy manzilida joylashgan «Hope Medline» oilaviy klinikasi faoliyatini xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonuniy asosda tashkil etish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va bandlikni rasmiylashtirishga qaratilgan ishlarning borishiga e’tibor qaratildi.
Bunday o‘rganishlar mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, norasmiy bandlikni qisqartirish hamda ish o‘rinlarini rasmiylashtirish masalalarini izchil o‘rganishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi