Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja
#Kunlik_ish_reja
19¹-modda
🏗 GULCHINOR MAHALLASIDA BUNYODKORLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan 11-“Chuqurko‘l” saylov okrugi deputati T. Shodiyevga biriktirilgan “Gulchinor” mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

🔹 O‘rganish davomida mahalla hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish tadbirlari, yaratilayotgan qulayliklar hamda hududni yanada ko‘rkamlashtirish borasidagi ishlar e’tibor markazida bo‘ldi.

✅ Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Maqsad — mahallalarni obod qilish, aholi uchun munosib sharoit yaratish hamda deputatlik nazorati orqali hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3