Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. To‘xtashov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔍 Jumladan, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sport musobaqalari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratish masalasi bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi Sherobod tuman bo‘limida mavjud holat, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda amaldagi tartiblar ijrosi o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, yoshlarning sportga keng jalb etilishini ta’minlash hamda jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4