Jańalıqlar

Oliy Majlis deputati Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas Urazaliyeva, Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat K.Mamanova hamda tuman hokimining o‘rinbosari O.Otajonova bilan birgalikda tumandagi Suvonobod mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash hamda hududdagi mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, davlat organlari va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda hududni kompleks rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 9