Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Sessiya kun tartibidagi masala o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. To‘xtashov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doirasida tumanda yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

📊 O‘rganish jarayonida mavjud yer maydonlaridan maqsadli foydalanish, unumdorlikni oshirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📌 Shuningdek, sohada aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

🔄 Kelgusida ushbu yo‘nalishda tizimli ishlarni davom ettirish hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 4