Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputati va kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔍 Jumladan, Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining 2026-yil 1-choragidagi ijrosi yuzasidan “Navbur” mahallasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishi, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan tadbirlar hamda mahalladagi dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilgan ishlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 5