35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI

🏫 MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida “Shieli” OFYdagi 8-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabning sport zali, mavjud sport jihozlari va anjomlari, ularning yetarliligi hamda foydalanish uchun qay darajada qulay holatda ekani ko‘zdan kechirildi. Mazkur yo‘nalish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim vazifalaridan biri bo‘lib, aholiga va, ayniqsa, yoshlar hamda o‘quvchilarga sport bilan shug‘ullanish uchun munosib sharoit yaratish masalalarini qamrab oladi.

⚽️ Shuningdek, sport zalida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish imkoniyatlari, sport anjomlarining mavjudligi va ularning amaliy foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.

👦👧 Yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda turli sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhimligi qayd etildi.

📝 O‘rganish jarayonida maktab mas’ullari bilan mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, sport zalidan samarali foydalanish, mavjud jihozlarni asrab-avaylash hamda zarur sport anjomlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

✅ Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosini ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun sport bilan shug‘ullanishga yanada qulay sharoitlar yaratish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Deputatlik nazorati — yoshlar uchun munosib sharoit, sifatli ta’lim va sog‘lom kelajak kafolati!

Slide 1 of 4