35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Olmazor mahalla fuqarolar yig’inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
30-maktabda sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Ko‘mirchi mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash masalasi o‘rganildi
янв.21
35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
янв.21
Yangiqo‘rg‘on MFYda 450 metr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
янв.21
Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
янв.21
“Bolalarni ijtimoiy himoyalash” sho‘basi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash
янв.21
Xo‘jaqo‘rg‘on MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA SOHASIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA SOHASIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev tomonidan deputatlik faoliyati doirasida “O‘rganilishi lozim bo‘lgan eng muhim qonunlar” asosida “Shieli” OFY hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-595-son talablarining amalda bajarilishi, maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Qonun 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan bo‘lib, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

🔹 Jumladan, bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlar;
🔹 ta’lim-tarbiya mashg‘ulotlarining belgilangan talablar asosida tashkil etilishi;
🔹 tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘i, xavfsizligi va manfaatlarini ta’minlash;
🔹 pedagog xodimlarning faoliyati va kasbiy mas’uliyati;
🔹 sanitariya-gigiyena hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi;
🔹 ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuv va usullardan foydalanish holatlari o‘rganildi.

Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, ularni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlash, sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning mazmuni, sifati, xavfsizligi va bolalarning individual ehtiyojlarini hisobga olishga doir talablar belgilangan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qonun talablarining amaliyotda to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda bolalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

📌 Deputatlik nazorati — qonunlar ijrosi, aholi manfaatlari va hudud rivoji yo‘lida muhim vositadir.

Slide 1 of 3