Deputatlar tashabbusi bilan elektr ta’minotini yaxshilashga 937 mln so‘m ajratildi
Xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashining 2026-yil 27-mart, 4-may, 9-iyun va 14-avgustda qabul qilingan qarorlariga
asosan Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 35 ta loyihaga jami 937 mln so‘m ajratilgan. Loyihalar doirasida: 428
ta 9 metrlik temir-beton tayanch; 66 ta 11 metrlik temir-beton tayanch; jami 494 ta elektr tayanchi; 9 ta transformator punkti; 800 metr A-35 rusumli ochiq elektr simi; Tinchlik MFYdan Guliston MFYga yer osti elektr tarmog‘i tortilishi belgilangan. Elektr
loyihalari Yangihayot, Yangiariq, Gulobod, Xo‘jaqo‘rg‘on, Qapchug‘ay, Eskiarab, Sharq, Tegirmonboshi, Tinchlik, Bo‘rbonliq, Zilol, Beruniy, Jarariq, Shodiyona, Ko‘mirchi, Olmazor, Mirfozil, Qo‘rg‘oncha, Toshobod, Yangiturmush, Sertut, Zarhal, Oq-oltin, Navbahor, Mustaqillik va Obod MFYlarini qamrab oladi.