35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mukammal ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev, tuman IIB boshlig‘i Z.Ergashev bilan birgalikda A.Navoiy nomli mahallada joylashgan 35-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
VM-300-sonli qaroriga asosan amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Muassasa hududini zamonaviy temir panjaralar bilan o‘rash, o‘yin maydonchalari, ayvonlar qurilishi hamda vafqulodda xolatlarda havsizlik choralari va obodonlashtirish ishlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.