Yig‘ilish davomida o‘tgan hafta mobaynida bajarilgan ishlar muhokama qilinar ekan, xususan, Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyati mudirlari hamda bosh mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv-seminarga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu seminarning asosiy maqsadi hududlarda ish samaradorligini oshirish, tajriba almashish va faoliyatni yanada takomillashtirishdan iborat bo‘lgani ta’kidlandi.
Shuningdek, yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilib, erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham ochiq muhokama qilindi. Kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda intizomni mustahkamlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida 6–10 aprel kunlari davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar tasdiqlandi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar berilib, yangi ish rejasi ishlab chiqildi.