Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Nurofshon MFY hududida yashovchi fuqaro tomonidan hudud deputati nomiga murojaat kelib tushdi. Murojaatda hududda yuzaga kelgan ayrim noqulay holatlar tufayli fuqarolar uchun qiyinchiliklar tug‘ilayotgani ma’lum qilingan.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 11-oktyabrda qabul qilingan 665-sonli qaror asosida Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 14-maydagi VII-9-42-11-168-K/25-sonli qarori bilan bir qator ko‘chalar asfaltlashtirish dasturiga kiritilgan edi.
янв.21
Kengashning navbatdagi haftalik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish Kengash raisi O.Axmatshayev rahbarligida tashkil etilib, unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi hamda kelgusi hafta uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Mirzaevning 2026 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti eshitildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
5-Do‘stlik saylov okrugi deputati, shahar hokimi Sh.Nisbatxonov boshchiligida fuqarolar qabuli va ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Marg‘ilon shahri Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini, Bobodehqon ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan hudud deputati nomiga murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat N.Akbarova 11-A.Navoiy MFY, Iftixor ko‘chasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Yoshlarimiz – kelajak poydevori.

Ochiq muloqotda tumandagi yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Unda Kengash raisi tomonidan yoshlarni qiynab kelayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Muloqot davomida taʼlim sifati va imkoniyatlari, yoshlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, sport va madaniy faollikni rivojlantirish yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot davomida yoshlar oʻz fikr-mulohazalari, takliflari va muammolarini ochiq bayon qilib, amaliy yechimlar yuzasidan takliflar berishdi va Kengash raisi va tuman faollari tomonidan har bir murojaat eʼtibor bilan qayd etildi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Oʻrganish yakunida Kengash raisi A.Gafurov yoshlarimizning tashabbuslari, gʻoya va takliflari juda muhim ekanligi va ular bilan doimiy muloqotda boʻlish, muammolarini oʻrganish va amaliy yordam berish hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor vazifalardan biri ekanligini belgilab oʻtdi.

Slide 1 of 1