Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Nurofshon MFY hududida yashovchi fuqaro tomonidan hudud deputati nomiga murojaat kelib tushdi. Murojaatda hududda yuzaga kelgan ayrim noqulay holatlar tufayli fuqarolar uchun qiyinchiliklar tug‘ilayotgani ma’lum qilingan.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 11-oktyabrda qabul qilingan 665-sonli qaror asosida Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 14-maydagi VII-9-42-11-168-K/25-sonli qarori bilan bir qator ko‘chalar asfaltlashtirish dasturiga kiritilgan edi.
янв.21
Kengashning navbatdagi haftalik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish Kengash raisi O.Axmatshayev rahbarligida tashkil etilib, unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi hamda kelgusi hafta uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Mirzaevning 2026 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti eshitildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
5-Do‘stlik saylov okrugi deputati, shahar hokimi Sh.Nisbatxonov boshchiligida fuqarolar qabuli va ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Marg‘ilon shahri Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini, Bobodehqon ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan hudud deputati nomiga murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat N.Akbarova 11-A.Navoiy MFY, Iftixor ko‘chasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Deputat ko‘magida ko‘cha yoritkichlar o‘rnatilib, yog‘och ustunlar almashtiriladigan bo‘ldi

Deputat ko‘magida ko‘cha yoritkichlar o‘rnatilib, yog‘och ustunlar almashtiriladigan bo‘ldi 

 

Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi deputati Nodir Toʼraev 11-Gʼazira saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuv oʼtkazdi. Unda mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan 30 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Аyrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan boʼlsa, qolganlari tegishli mutasaddi tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi deputat nazoratiga olindi. Zarur hollarda deputatlik soʼrovlari chiqarilishi belgilandi.

Fuqaro Аbdulaziz Mardiev tomonidan mahalladagi ichki yoʼlni asfalьt qilish, yaroqsiz simyogʼoch ustunlarni almashtirish hamda oʼrnatilgan tungi yoritgichlar ishlamayotgani yuzasidan murojaat qilindi. Maʼlum boʼlishicha, ushbu yoritgichlar obodonlashtirish balansida boʼlsa-da, amalda yonayotgan emas. Murojaat yuzasidan tuman obodonlashtirish boʼlimi tomonidan koʼchaga quyosh energiyasida ishlaydigan yangi yoritkich oʼrnatish, tuman elektr korxonasi tomonidan esa 12 ta yaroqsiz simyogʼoch ustunni almashtirish belgilandi.

Shuningdek, Nodira Аhmedova Sariqipchoq mahallasiga keluvchi asosiy yoʼl taʼmirtalab ahvolga kelib qolganini bildirib, uni taʼmirlash masalasini koʼtardi. Ushbu yoʼl tuman avtoyoʼl korxonasi tomonidan bir hafta ichida taʼmirlab berilishi rejalashtirildi.

Аsqar Vahobov tomonidan Gʼazira mahallasining Doʼng qishlogʼidan Shakar qishlogʼigacha boʼlgan yoʼlni asfalьtlash taklifi ilgari surildi. Masala yuzasidan tuman obodonlashtirish boʼlimi tomonidan 2026 yilning ikkinchi yarim yilligida yoʼlni asfalьt qilish ishlari amalga oshirilishi maʼlum qilindi.

Shuningdek, kadastr masalalari, ichki yoʼllarni shagʼallashtirish, bolalar bogʼchasi qurish, transformatorlarni taʼmirlash, moddiy yordam va ichimlik suvi bilan bogʼliq muammolar koʼtarildi. Har bir murojaat tegishli tashkilotlar kesimida qayd etildi va ularning ijrosi ustidan doimiy nazorat oʼrnatilishi taʼkidlandi.

Shu kuni deputat Sariqipchoq mahallasida oʼtkazilgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasining saralash bosqichida ham ishtirok etdi. Ushbu tadbir “Ishbilarmon ayol” koʼrik-tanlovi doirasida tashkil etilib, mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkor xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlashga qaratildi.

Tadbirda tadbirkor Sabohat Korjaevaning faoliyati eʼtirof etildi. U oʼzining 8 sotix yer maydonida barpo etgan issiqxonasida 100 tupdan ziyod limon daraxtlari parvarishlab, yiliga ikki marotaba hosil olmoqda. Mavsum davomida limonariydan 100 million soʼmgacha daromad olishga erishmoqda. Shu bilan birga, mahalla xotin-qizlarini ish bilan taʼminlab, ularning bandligini oshirishga hissa qoʼshmoqda.

Аyni paytda tadbirkor qoʼshimcha issiqxona qurish va mandarin koʼchatlarini ekishni rejalashtirgan. Bu esa nafaqat oilaviy daromadni oshirish, balki mahallada yangi ish oʼrinlari yaratish imkonini ham beradi.

Uchrashuv va tadbirlar aholi muammolarini joyida hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqot oʼtkazish, xotin-qizlar tadbirkorligini ragʼbatlantirish yoʼlida muhim qadam boʼldi.

Slide 1 of 3