Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Kengashning navbatdagi haftalik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish Kengash raisi O.Axmatshayev rahbarligida tashkil etilib, unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi hamda kelgusi hafta uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Mirzaevning 2026 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti eshitildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
5-Do‘stlik saylov okrugi deputati, shahar hokimi Sh.Nisbatxonov boshchiligida fuqarolar qabuli va ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Marg‘ilon shahri Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini, Bobodehqon ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan hudud deputati nomiga murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat N.Akbarova 11-A.Navoiy MFY, Iftixor ko‘chasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
Navro‘z saylov okrugida “yashil ta’mirlash” ishlari boshlandi
янв.21
Kuni kecha xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar bandligi yo‘lida muhim qadam: yer maydonlari o‘rganildi va amaliy ko‘mak kuchaytirildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Anorboy Eshmatov hamda Paxtakor tumani Kengashi deputati Xusan Abduvoxidov tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash va ularning qishloq xo‘jaligiga qiziqishini yanada oshirish maqsadida muhim o‘rganish ishlari olib borildi. 

Deputatlar tomonidan yoshlarga ajratilgan xo‘jalik yer maydonlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi, mavjud sharoitlar va yerlarning samarali foydalanilish holati atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida yoshlarning dehqonchilik faoliyatini to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yishi uchun ularga amaliy yordam zarurligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan tajribali va ko‘p yillik amaliyotga ega fermer xo‘jaliklari vakillari yoshlar bilan biriktirilib, ularga maslahat va ko‘mak berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Slide 1 of 3