Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Kengashning navbatdagi haftalik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish Kengash raisi O.Axmatshayev rahbarligida tashkil etilib, unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi hamda kelgusi hafta uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Z.Mirzaevning 2026 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti eshitildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
5-Do‘stlik saylov okrugi deputati, shahar hokimi Sh.Nisbatxonov boshchiligida fuqarolar qabuli va ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Marg‘ilon shahri Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini, Bobodehqon ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan hudud deputati nomiga murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat N.Akbarova 11-A.Navoiy MFY, Iftixor ko‘chasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
Navro‘z saylov okrugida “yashil ta’mirlash” ishlari boshlandi
янв.21
Kuni kecha xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashiga 20-sonli saylov okrugidan saylangan deputat B.Qurbonov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Sh.Narbayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

     ✓ Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘iga yo‘llangan deputat so‘rovida deputat tomonidan Suenli MFY Xo‘ja eli ko‘chasi aholisining ko‘chadagi elektr ustunlarining yaroqsiz ekanligi va ularni yangilash bo‘yicha murojaatiga asosan deputat tomonidan murojaat o‘rganilib 2026-yil 6-mart kuni 7-ds-469-26-sonli deputatlik so‘rovi yo‘llanib muammo nazoratga olindi.

✍️Eslatma: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 193-moddasi bo‘yicha deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini sababsiz buzish yoki ular bo‘yicha bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni qasddan berish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.