Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🤝 Sog‘liqni saqlash tizimida deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan I. Qodirova Bekobod tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Qon quyish bo‘limida bo‘lib, amaldagi qonunchilik ijrosini o‘rgandi.

Oʻrganish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi 402-II-son Qonuni ijrosi hamda donorlik jarayonlarining amaliy tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.

🔎 Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar va mavjud holat yuzasidan mutasaddilar bilan fikr almashildi.

🤝 Aholi salomatligini muhofaza qilish hamda donorlik tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 7