Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan A. Xolmurzayev Guliston mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofining tozaligi hamda tungi yoritish tizimining holati ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni yanada obod va xavfsiz holatga keltirish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✨ Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam!