Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A. Djabborov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Utegenov tuman "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida qishloq xoʻjaligida vegetatsiya davrida fermer va dehqon xoʻjaliklarini uzluksiz suv bilan taʼminlash, suv taqsimotini samarali tashkil etish, xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, o‘zaro fikr almashildi.
🤝 Suv resurslaridan oqilona foydalanish va uzluksiz suv taʼminotini yoʻlga qoʻyish — qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirishning muhim omilidir.