🔵 #Kutubxonalar faoliyati deputatlik nazoratida.
Nurafshon shahrini nafaqat ma’muriy, balki ma’rifiy markazga aylantirish — bugungi islohotlarimizning ustuvor yo‘nalishidir.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K. Umarboyev hamda deputat A. Hamidov shahardagi kutubxonalar holati bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
📍 Mavjud adabiyotlarning bugungi kun talabiga mosligi va yangi nashrlar bilan ta’minlanish darajasi.
📍 Kutubxonalarda elektron kitob javonlari va masofaviy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari.
📍 Kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, binolarning isitish tizimi va yoritilishi.
“Bizning maqsadimiz — kutubxonalarni shunchaki kitob saqlash joyi emas, balki aholi va yoshlar uchun intellektual muloqot maydoniga aylantirishdir”, — deya ta’kidladi K. Umarboyev.
O‘rganishda aniqlangan tizimli muammolar Kengash kotibiyati tomonidan tahlil qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilanishi uchun shahar Kengashi kun tartibiga kiritiladi.