Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat D.Mexmonova: bolalar manfaati va munosib dam olish doimiy e’tiborda

✨Xalq deputatlari Farg'ona viloyat (Quvasoy shahar) Kengashi deputati D.Mexmonova o‘z saylov okrugidagi “Vodiy gavhari” oromgohiga kotibiyat bosh mutaxassisi D.Mirzayeva bilan tashrif buyurib, yozgi mavsumda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

📣Tashrif davomida u yotoq binolari, oshxona, sport maydonchalari, tibbiyot xonasi hamda dam olish maskanlaridagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, bolalar va tarbiyachilar bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi.

📇Deputat bolalar manfaatlarini ta’minlash, ularning xavfsiz va mazmunli dam olishiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, oromgoh faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

💯Mazkur tashrif hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rganish va deputatlik nazoratini amalga oshirishning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 5