Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” raisi A.Kasimov boshchiligida, shahar hokimi o‘rinbosari A.Mamajonov, shahar Moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari S.Umarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Qaxorov ishtirokida Shahar tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
🇺🇿O‘rganish davomida Qonun talablarining ijrosi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi, tibbiy apparat-uskunalarning yetarliligi, ta’mirlanayotgan yangi binodagi ishlar holati hamda muassasada mavjud muammo va kamchiliklar atroflicha ko‘rib chiqildi.
❗️Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda Qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
✅O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar “yo‘l xaritasi” (ko‘cha) daftariga qayd etildi.