Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

📍 Murojaat joyida o‘rganildi, amaliy yordam choralari belgilandi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Qodirova "Oʻrikzor" mahallasida bo‘lib, Yangiobod ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi.

Aniqlanishicha, mazkur ko‘chadagi ayrim xonadonlarga ichimlik suvi tarmog‘i tortilmagan. Fuqarolar suv quvurlarini yotqizish uchun transheya (kovlash) ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildilar.

Murojaat yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda masalani ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🤝 Har bir murojaat e'tiborda, har bir muammo yechim sari!

Slide 1 of 4