Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Ijtimoiy xizmatlarning amaliy natijalari joyida ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich o‘zi saylangan “Nurli kelajak” MFY 20-Seytmuratov saylov okrugi hududida kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda ijtimoiy xodim faoliyatini joyiga chiqqan holda tahlil qilishni davom ettirdi.

🏠 Bu galgi tashrif fuqaro U.Atamuratova xonadonida bo‘lib o‘tdi.

💼 Suhbat davomida ijtimoiy xodim K.Djumabaeva tomonidan fuqaroga bolalar nafaqasi rasmiylashtirish, davolanish uchun bepul order olish hamda yuridik masalalarda amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.

🤝 Tashrif yakunida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning amaliy natijalari muhokama qilinib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.