Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

📌 Ijtimoiy xizmatlar manzilli o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Nurli kelajak” MFYda ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rganish ishlari davom ettirmoqda.

🏠 Navbatdagi manzilda mahalla fuqarosi Ya.Muminovaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🤝 Aniqlanishicha, ijtimoiy xodim K.Djumabaeva tomonidan fuqaroga bolalar nafaqasi hamda boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini rasmiylashtirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.
📄 Shuningdek, fuqaroga yuridik xizmatlar ko‘rsatilib, nevaralariga vasiylik va homiylikni rasmiylashtirish, shuningdek “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan bir martalik moddiy yordam olishiga ko‘maklashilgani qayd etildi.

🔍 O‘rganish davomida ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va amaliy natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.