Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A. Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.

#Deputat_sorovi

Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A. Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xudayberdiyeva Xusniya Buriboyevna tomonidan joylarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida ko‘tarilgan murojaat asosida mahallada maishiy gaz ballonlari uzoq muddat davomida yetkazib berilmayotgani hamda buning oqibatida aholi o‘rtasida noroziliklar yuzaga kelayotgani yuzasidan tegishli tashkilotlarga 63-ds-377-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida mahalla aholisini maishiy gaz ballonlari bilan uzluksiz va o‘z vaqtida ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda bu borada zarur amaliy choralarni ko‘rish so‘ralgan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1