Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining "2-Bog'" va "5-Jigariston" okrug deputatlari Nigmatov Mirzoferuz Obidjonovich hamda Muratayev Mirabbos Miraloyevich "Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshishish to'g'risidagi" qonun mazmuni va mohiyatini o‘rganish maqsadida Hududiy elektr tarmoqlar Angren shahar filiali ishlari holati o'rganildi.
📍Deputat mazkur jarayon doirasida Hududiy elektr tarmoqlari muassasasi faoliyati, elektr ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati bilan tanishdi.
📌 O‘rganish davomida sohadagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.