🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining doimiy komissiya raisi M.Abdusattarova hamda deputat D.Saidova shahardagi 9-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida bo‘ldilar. Deputatlar "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.
🔻O‘rganish davomida asosiy e‘tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
▫️O‘quvchilarning yozgi ta‘til davrini mazmunli tashkil etish holati.
▫️Maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatining samaradorligi.
▫️Sport tadbirlarining o‘tkazilish sifati va o‘quvchilar qamrovi.
🔹Tadbir yakunida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish va ta‘tilni tizimli tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Ushbu monitoring ishlari davom etmoqda.