Jańalıqlar

📍 Mallaboy mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi raisi Y. Mo‘minova hamda kotibiyat mudiri Q. Bobojonovlar Mallaboy mahallasida bo‘lib, mahalla “yettiligi” a’zolarining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida hokim yordamchilari tomonidan aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada olib borilayotgan islohotlarning samaradorligi, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari yuzasidan fikr almashildi. Mas’ullarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholi farovonligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3