Jańalıqlar

doimiy komissiya

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida Angren shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Ayollar daftari” tizimi bo‘yicha 2026-yilning yanvar–iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglanib, atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq ko‘rib chiqildi. Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan joylarda qo‘shimcha o‘rganishlar olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida masalani deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganish hamda o‘rganish natijalari asosida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritishga kelishib olindi.

Slide 1 of 2