Yangiliklar

📌 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z. Polvonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Po‘lat mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida:
Mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi;
Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar tahlil qilindi;
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi;
Yoshlar muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.