Jumladan, tuman hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi tomonidan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
📌 Oʻrganishlar quyidagi asosiy yoʻnalishlar kesimida olib borildi:
📊 Oʻrganish jarayonida mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish boʻyicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
📝 Mazkur masala yuzasidan tayyorlangan xulosa va takliflar xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasida muhokama etilishi rejalashtirilgan.
🤝 Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifa boʻlib qolmoqda.