🏆 Ayni paytda Vobkent tumanida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida:
•♟ Shaxmat
• 🔲 Shashka
• 🧠 “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha mahalla bosqichlari 39 ta mahallada belgilangan reja-grafik asosida tashkil etilmoqda.
📊 Musobaqalarda yoshlarning ishtiroki yuqori darajada bo‘lib:
• Shaxmat bo‘yicha – 14 475 nafar
• Shashka bo‘yicha – 2 720 nafar
• “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha – 4 998 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.
👀 Deputat tomonidan o‘rganish jarayonida musobaqalarning tashkiliy darajasi, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda jarayonlarning shaffofligi alohida e’tiborga olindi.
🤝 Ta’kidlanganidek, bunday sport va intellektual musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.