Yangiliklar

Fuqarolar murojaati — doimiy eʼtiborda!

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan qishloqdagi 800 metrdan ortiq ichki yoʻlni betonlashtirish boʻyicha murojaatlar bildirildi. Mazkur masala joyida oʻrganilib, aholi uchun qulay infratuzilma yaratish maqsadida tegishli choralar koʻrish zarurligi qayd etildi. Olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, tuman hokimligining obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik soʻrovi yuborildi. Fuqarolarning muammolarini hal etish — deputat faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5