Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Jobborov Bekzod Parxodovich tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi binosida navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va muammolar atroflicha tinglanib, ularni hal etish yuzasidan aniq vazifalar hamda amaliy choralar ko'rish belgilandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardini eshitish va amaliy yordam ko‘rsatish — deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.