Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI. MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 6-Quyosh saylov okrugidan saylangan deputat Salimboyev Xasan Dilmurodovich tomonidan “Quyosh” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi faoliyati hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida mahalla raisi M.Mirsobitov bilan uchrashilib, PF–209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi, jumladan,mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha” va “Obod xonadon” mezonlarini hayotga tatbiq etish, fuqarolar faolligi va mas’uliyatini oshirish,shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.Shuningdek, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 2026-yil 2-apreldagi VII-22-16-10-141-K/26-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Quyosh” MFYda 3 ta ko‘p qavatli uyning 300 pogon metr irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash hamda 6 ta ko‘p qavatli uyning 1000 kvadrat metr yo‘laklarini betonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan ishlar muhokama qilindi. Ushbu loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tayyorgarlik jarayonlari, mavjud masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan tashkiliy choralar ko‘rib chiqildi.O‘rganish yakunida mahalla raisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 4