Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda

Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda

Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Qonun bilan mahalliy vakillik organlari faoliyatiga qator muhim yangiliklar kiritilmoqda:

➡️ Mahalliy Kengashlarda Kengash raisi o‘rinbosari instituti joriy etiladi. U bir vaqtning o‘zida Kengash kotibiyati mudiri vazifasini ham amalga oshiradi.

🔻Kengashlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida Kengash Rayosati tashkil etiladi. Uning tarkibiga Kengash rahbariyati, doimiy komissiyalar va siyosiy partiya guruhlari rahbarlari kiradi.

🔻 “Kengash soati” instituti joriy etilmoqda. Endi deputatlar aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan mahalliy davlat organlari va mutasaddilardan tezkor javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🟣 Senatorlar ta’kidlaganidek, ushbu Qonun Prezidentning 2025-yil 23-iyundagi PF–98-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga xizmat qilib, “Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini amalda qaror toptirishda muhim qadam bo‘ladi.

Qonunning qabul qilinishi:
   — vakillik nazorati ta’sirchanligini kuchaytirishga;
   — hududiy muammolarni hal etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.