Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi I.Rasulovning O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan olib borayotgan faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi I.Rasulov tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olishi va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida:
2 nafar talaba-yoshning oliy ta’lim muassasasidagi kontrakt to‘lovlari to‘lab berilgan;
12 nafar yosh bepul kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirilgan;
4 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlangan;
Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan A.Navoiy mavzesi 109/29-uyda yashovchi fuqaro A.Muhammadjonovga 10 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanishi, kasb-hunar va tadbirkorlik dasturlariga jalb etilishi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda bandlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3