Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 18-"Navro‘z" saylov okrugidan saylangan deputat R.Talipdjanov tomonidan "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida tasdiqlangan reja-grafik asosida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi O‘zLiDeP partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi T.Mo‘minov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini o‘rganishda amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, A.Navoiy mavzesi 105/12-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro F.Djamilova tomonidan davolanish uchun order ajratish masalasi yuzasidan murojaat bildirildi.

Shuningdek, A.Navoiy mavzesi 105/21-uyda yashovchi fuqaro M.Musayeva tomonidan uy-joyni ta’mirlash bo‘yicha murojaat ko‘rib chiqildi. Murojaat o‘rganilib, masalani belgilangan tartibda hal etish yuzasidan tegishli choralar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, A.Navoiy mavzesidagi 105-ko‘p qavatli uy aholisi tomonidan hududda chiqindilarni tartibli yig‘ish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida chiqindi maydonchasi (chiqindixona) qurish bo‘yicha murojaat bildirildi. Mazkur taklif ham atroflicha o‘rganilib, uni amalga oshirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3