Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi
янв.21
Mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Deputatning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilar murojaatlarini joyida o‘rgandi
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi
Deputatlik so‘rovi amalda o‘z natijasini berdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish yuzasidan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mutaxassisi X.Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi O‘zLiDeP partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi T.Mo‘minov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

O‘rganish davomida 105-, 106- va 107-ko‘p qavatli uylar oldida olib borilgan qurilish ishlari bilan bog‘liq fuqarolar murojaatlari yana bir bor ko‘zdan kechirildi. Xususan, qurilish maydonidagi muhofaza to‘siqlarining me’yorlarga mos emasligi, drenaj va oqova suv tizimidagi kamchiliklar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinmagani hamda ekologik holat yuzasidan aholi tomonidan bildirilgan e’tirozlar deputat tomonidan avval joyida o‘rganilgan edi.

Mazkur holatlar yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ekologik holatni yaxshilash, oqova suv tizimini tartibga keltirish hamda sanitariya talablariga rioya etilishi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish talab qilingan edi.

Bugungi kunda deputatlik nazorati va mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida hududdagi qurilish ishlari to‘xtatilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish ishlari to‘liq amalga oshirilishiga erishildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6