Doʻstlik mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev "Doʻstlik" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganish davomida mahallada aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, obodonlashtirish ishlari hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalla raisi bilan hududdagi mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yoʻllari yuzasidan fikr almashilib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram